Eron masjidlarida juma namozi bekor qilindi

Olam

image

Xabaringiz bor, Xitoyda tarqalgan koronavirus Erongacha yetib borib, hatto, mamlakatning rasmiy shaxslari bemorlar ro‘yxatiga olindi. Ayni vaqtda Yaqin Sharq mamlakatlarida koronavirusni tarqatmaslik bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda

Koronavirus epidemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Tehron va Eronning boshqa shaharlardagi masjidlarida juma namozlari bekor qilindi.

Eronda koronavirusni yuqtirish 254 ta holati aniqlandi, 26 kishi virusdan vafot etdi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 78 ming kishidan oshdi. 2778 kishi vafot etdi. 36 ming kishi sog‘ayib ketdi.

O‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha birinchi o‘rinda Xitoy turgan bo‘lsa, keyin o‘rinlarni Janubiy Koreya, Eron va Italiya egalladi. Epidemiya 36 ta mamlakatga tarqaldi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron koronavirus juma namozi

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing