Eron Isroilga qarshi yirik raketa hujumini boshladi (video)

Olam

image

Eron bugun, 1 oktyabr kuni kechqurun Isroilni yirik raketa hujumiga uchratdi. SAXAL isroilliklarni Eron raketalarini uchirayotgani haqida ogohlantirdi.

U mamlakat aholisini “hushyor bo‘lishga va orqa qo‘mondonlik ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishga” chaqirdi. Isroil bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Mamlakat ustidagi havo hududi yopildi.

Bu hujumni tarixdagi eng yirik hujum deb atagan Isroilning "The Jerusalem Post" gazetasiga ko‘ra, Isroilga jami 500 ga yaqin raketa uchirilgan. Ushbu ma’lumotlar hali rasman o‘z tasdig‘ini topmagan.

Bundan sal oldin AQSH Isroilni Eron unga ballistik raketalar bilan hujum qilishga tayyorlanayotgani haqida ogohlantirgan edi.

"Biz Isroilni ushbu hujumdan himoya qilish uchun mudofaaviy tayyorgarlikni faol qo‘llab-quvvatlaymiz. Eronning Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli hujumi Eron uchun og‘ir oqibatlarga olib keladi", degan edi Oq uyning yuqori martabali amaldori.

AQSHning Isroildagi elchixonasi o‘z xodimlariga bir necha oy ichida birinchi marta uylariga qaytishni va bomba boshpanalarida boshpana olishga tayyor turishni buyurdi.

Isroilning yuqori martabali mulozimlaridan biri AQSHning "Axios" nashriga bergan intervyusida so‘nggi razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, hujum yaqin bir necha soat ichida amalga oshirilishi mumkinligini aytgan.

"Qo‘shma Shtatlardan ogohlantirish mahalliy vaqt bilan tushga yaqin keldi", deydi u.

Eronning Isroilga hujum qilishi haqidagi xabar SAXAL Livan janubida "cheklangan quruqlikdagi operatsiyani" boshlaganidan 24 soatdan kamroq vaqt ichida paydo bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made