Eron ikki mamlakat bilan parvozlarni to‘xtatdi. Vaziyat qaltismi?
Olam
−
20 Sentabr 2023 13502 2 daqiqa
Eron hukumati Ozarbayjon va Armanistonga barcha reyslarni, shuningdek, ushbu mamlakatlardan respublikaga parvozlarni bekor qildi. Bu haqda fuqaro aviatsiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Muhammadi-Baxsh ma’lum qildi.
“Mintaqadagi alohida vaziyat tufayli va NOTAM (parvoz ekipaji uchun xabarnoma)ga muvofiq bugundan boshlab Eron va Armaniston, shuningdek, Eron va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi barcha reyslar bekor qilinadi”, deydi u IRNA agentligiga bergan intervyusida.
Ikki mamlakat bilan parvozlar almashinuvini to‘xtatish keyingi ogohlantirishgacha davom etishi qayd etilgan.
Muhammadi-Baxshning bildirishicha, bu qaror parvozlar va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
19 sentyabr kuni Baku Armaniston harbiylarini ushbu hududdan olib chiqish uchun Tog‘li Qorabog‘da “mahalliy aksilterror choralari” boshlanganini e’lon qildi. Yerevan ularning mintaqada borligini inkor etib, sodir bo‘layotgan voqealarni “keng ko‘lamli tajovuz” deb atadi.
20 sentyabr kuni tomonlar Rossiya tinchlikparvar kuchlari qo‘mondonligi vositachiligida shu kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 dan boshlab operatsiyani to‘xtatish, shuningdek, Tog‘li Qorabog‘ni to‘liq qurolsizlantirish to‘g‘risida kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. 21 sentyabr kuni Ozarbayjonning Yevlax shahrida Baku va Qorabog‘ arman aholisi vakillarining “Ozarbayjon konstitutsiyasi va qonunlari asosida qayta integratsiyalashuvi” masalasi bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qilib, tomonlarni muzokaralar stoliga chaqirdi. 20 sentyabrga kelib Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum shartlari asosida aksilterror harakatlari to‘xtatilganini e’lon qildi.
Rossiya Ozarbayjonning harakatlarini qoralamadi, harbiy to‘qnashuv Ozarbayjonning o‘z hududida bo‘layotganini urg‘uladi. O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev O‘zbekiston Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklash borasidagi qat’iyatini olqishlashini aytdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr