Eron futboli vakillari FIFA'ga keskin murojaat yo‘lladi

Sport

image

Eronlik bir guruh futbolchilar va futbol vakillari FIFA'dan Eron terma jamoasini 2022 yilgi Jahon chempionatidan chetlatishni so‘radi. Bu haqda "International english" nashrida xabar berildi.

Murojaatda Eron o‘z xalqiga nisbatan shafqatsizlik qilgani uchun mamlakat terma jamoasini mundial bahslaridan chetalatish so‘ralgan. Shuningdek, mamlakatda ayollarni stadionlarga kiritish taqiqlangani, bu holat esa FIFA  kodekslariga zid ekanligi aytilgan. Murojaatda bir necha futbolchi davlat tomonidan ta’qibga uchragani haqida so‘z boradi. Maktubda FIFA'dan Eronning tashkilotdagi a’zoligini zudlik bilan to‘xtatish so‘ralgan.

“Eronning o‘z xalqiga nisbatan shafqatsizligi va jangariligi juda muhim nuqtaga yetdi, bu esa uni futbol va sport olamidan aniq va qat’iy ajratishni talab qiladi”, deyiladi murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. Eron terma jamoasi Angliya, Uels va AQSH terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing