Eron bu yil hisobiga ikkinchi sun’iy yo‘ldoshini orbitaga uchirdi

Olam

image

Bugun, 14 sentyabr kuni Eron Inqilobiy gvardiyasi tomonidan qurilgan raketa yordamida orbitaga tadqiqot sun’iy yo‘ldoshi uchirildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qaem-100 sun’iy yo‘ldosh tashuvchisi tomonidan koinotga uchirilgan Chamran-1 sun’iy yo‘ldoshi 550 kilometr orbitaga chiqarildi va uning birinchi signallari qabul qilindi. Ushbu qurilmalar Inqilobiy gvardiyaning Aerokosmik kuchlari tomonidan ishlab chiqilgan.

Og‘irligi 60 kg bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshning asosiy vazifasi balandlik va fazoda orbital manyovr texnologiyasini namoyish qilish uchun apparat va dasturiy ta’minot tizimlarini sinovdan o‘tkazishdan iborat.

Shuningdek, Chamran-1 ning yana bir missiyasi koinotda sovuq gaz harakatining quyi tizimini hamda navigatsiya, munosabatni boshqarish quyi tizimlarining ishlashini baholash hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, yanvar oyida ham Eron ommaviy axborot vositalari Sorayya nomli sun’iy yo‘ldoshi 750 km orbitaga uchirilgani, bu mamlakat tomonidan hozirgacha eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lganini xabar qilgan edi.

AQSH armiyasining da’vo qilishicha, sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarishda qo‘llanilgan uzoq masofali ballistik texnologiya Tehronga uzoq masofali qurollarni, jumladan, yadroviy kallaklarni ham ishga tushirishga imkon berishi mumkin.

Ammo Tehron o‘zining sun’iy yo‘ldosh faoliyati ballistik raketalarni yaratish uchun niqob ekanligini rad etadi va hech qachon yadro qurolini yaratishga intilmaganini aytib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing