Eron BMTning norozilik namoyishlari bo‘yicha tergovini rad etdi

Olam

image

Bugun, 28 noyabr kuni Eron TIV hukumatga qarshi namoyishlarni bostirish bo‘yicha BMTning yangi tayinlangan mustaqil tergovini rad etdi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.

"Eron BMT Huquqlar Kengashi tomonidan tuzilgan siyosiy qo‘mita bilan hech qanday hamkorlik qilmaydi", deydi vazirlik rasmiy vakili Nosir Kanani OAV vakillariga.

Oldinroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Huquqlar Kengashi Eronning norozilik namoyishlarini bostirish bo‘yicha tergov tayinlash uchun ovoz berganini xabar qilgan edik. O‘shanda BMT Huquqlar Komissari Volker Turk Erondan 16 sentyabr kuni 22 yoshli kurd ayoli Mahsa Amining o‘limi ortidan boshlangan namoyishlarni bostirishda “nomutanosib” kuch ishlatishni to‘xtatishni talab qilgan edi.

HRNA axborot agentligining bildirishicha, 26 noyabr holatiga ko‘ra, ikki oydan ortiq milliy tartibsizliklar davomida 450 nafar namoyishchi o‘ldirilgan, ulardan 63 nafari voyaga yetmaganlardir. Shuningdek, 18 000 dan ortiq namoyishchilar hibsga olingan.

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bagheri Kani esa tartibsizliklarda 50 ga yaqin politsiyachi halok bo‘lganini va yuzlab odamlar yaralanganini tasdiqlagan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing