Eron biryo‘la G‘arbning to‘rt diplomatini TIVga chaqirtirdi

Olam

image

Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Fransiya va Germaniyaning Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish rejasini e’lon qilishi ortidan ushbu mamlakatlarning Tehrondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari Eron Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda ISNA agentligi xabar berdi.

Nashrning xabar berishicha, G‘arb davlatlarining diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bugun, 12 sentyabr kuni Eron Tashqi ishlar vazirligining G‘arbiy Yevropa departamenti direktori Majid Nili Ahmadobodiy tomonidan "ayrim" Yevropa davlatlarining nokonstruktiv bayonotlari davom etayotgani sababli “alohida” chaqirilgan.

“G‘arbning bunday choralarni ko‘rishdagi qat’iyati va Eron xalqiga nisbatan dushmanlik siyosatini davom ettirishi shunga yarasha baholandi va albatta, Eron Islom Respublikasi bunga javob beradi”, deydi Nili Ahmadobodiy G‘arb davlatlari vakillariga.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya Tashqi ishlar vazirligi uch mamlakat – Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya Tashqi ishlar vazirlarining qo‘shma bayonotini e’lon qilgandi. Unda ushbu davlatlar zudlik bilan yangi choralar ko‘rish, xususan, Eron bilan havo qatnovi bo‘yicha kelishuvlarni to‘xtatish va bu borada ish olib borish niyatida ekani ma’lum qilingan. Xususan, Iran Air'ga qarshi sanksiyalar qo‘llangan. G‘arb davlatlariga ko‘ra, bu qadamlar Eron va Rossiya o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikka bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Frantsiya Eron Britaniya G'arb Niderlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing