Eron AQSHning Suriyadagi havo hujumlarini qoraladi

Olam

image

Eron AQSHning Suriyadagi havo hujumlarini keskin qoralaydi va Tehron buni mamlakat suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini buzish, deb hisoblaydi. Bu haqda Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Kanoni ma’lum qildi.

U Vashingtonning havo hujumlari Suriyadagi Eronga aloqador qurolli guruhlar nishonga olingani haqidagi da’volarini rad etgan. Shuningdek, diplomat AQSHning harakatlarini Suriya xalqi va ishg‘olga qarshi bo‘lgan jangchilarga qarshi terakt deb atagan.

“AQSH harbiylarining Suriyadagi jang harakatlari xalqaro huquqqa ziddir va ishg‘ol hisoblanadi. Qo‘shma Shtatlar Suriya hududini zudlik bilan tark etishi, mamlakatning neft va g‘alla resurslarini talon-toroj qilishni bas qilishi kerak”, deydi Eron TIV vakili.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 avgust kuni AQSH harbiy-havo kuchlari AQSH Prezidenti Jo Bayden ko‘rsatmasi bilan Suriyadagi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga (EIQK) tegishli bo‘lgan ob’ektlarga zarbalar bergan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing