Eron AQSHning MQ-9 Reaper dronini urib tushirdi
Olam
−
23 mart 7582 1 daqiqa
Erondagi havo hujumidan mudofaa tizimlari AQSH harbiy-havo kuchlariga tegishli razvedka-zarba droni – MQ-9 Reaper’ni muvaffaqiyatli tutib oldi. Bu haqda Erondagi bir nechta OAV xabar berdi.
Havo apparatining urib tushirilgani internetda e’lon qilingan materiallar bilan tasdiqlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuv tasodifiy guvohlar tomonidan olingan. Kadrlarda zarba berilgan uchuvchisiz apparat tezda balandlikni yo‘qotib, yerga qulayotgani yaqqol ko‘rinadi. Qulash paytida korpusda ochiq yonish holati kuzatiladi. Mutaxassislar dron qanotining yo‘qligiga e’tibor qaratmoqda ehtimol, u hujum vaqtida uzilib ketgan.
Ma’lumot uchun, MQ-9 Reaper – bu AQSH harbiy-havo kuchlari tomonidan ishlab chiqilgan va asosan razvedka, kuzatuv hamda zarba berish vazifalarini bajaradigan uchuvchisiz uchish apparati. U General Atomics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, Predator (MQ-1) dronining takomillashtirilgan, kattaroq va kuchliroq versiyasi hisoblanadi.
Uning eng muhim xususiyatlaridan biri uzoq vaqt havoda qolish qobiliyatidir – u taxminan 27 soatgacha uzluksiz parvoz qila oladi. Parvoz balandligi odatda 15 000 metr atrofida bo‘lib, bu unga ko‘plab havo mudofaa tizimlaridan yuqorida uchish imkonini beradi. Tezligi taxminan 480 km/soatgacha yetadi.
Live
Barchasi