Eron AQSHning 1 mlrd dollarlik dronlarini yo‘q qildi

Olam

image

AQSH Eron bilan boshlangan urushdan beri MQ-9 Reaper turidagi razvedka va zarba beruvchi dronlarining 20 foizigacha qismini yo‘qotgan. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon AQSH kamida 24 ta, ehtimol 30 tagacha MQ-9 dronidan ayrilgan. Bunga urib tushirilgan hamda shikastlanish sababli xizmatdan chiqarilgan apparatlar ham kiradi.

Har bir MQ-9 Reaper droni taxminan 30 million dollar turadi, shu sababli umumiy zarar maksimal hisobda 1 milliard dollarga yaqinlashadi.

MQ-9 Reaper – razvedka va kuzatuv uchun ishlatiladigan, shuningdek raketa va boshqariladigan bomba olib yurishga qodir dron hisoblanadi.

Xabarda aytilishicha, AQSHda bu model endi to‘liq ishlab chiqarilmaydi, faqat ayrim modernizatsiya qilingan variantlar mavjud. Uning o‘rniga kam miqdorda «Avenger» dronlari ishlab chiqarilgan.

MQ-9 Reaper avval Iroq, Afg‘oniston, Afrika, Yaqin Sharq va hatto Qora dengiz hududida ham keng qo‘llanilgan. U 2020 yilda Eron generali Qosim Sulaymoniyni yo‘q qilish operatsiyasida ham ishlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Isroil joriy yilning 28 fevral kuni Eron hududidagi ob’ektlarga zarba berishni boshlagan edi. Ushbu tajovuz qurbonlari soni 3 ming kishidan oshib ketdi. Vashington va Tehron 8 aprel kuni o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon qildi. Shundan so‘ng Islomobodda bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasiz yakunlandi. Jangovar harakatlar qayta boshlangani haqida xabar berilmagan bo‘lsa-da, Qo‘shma Shtatlar Eron portlarini blokada qilishni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron dron MQ-9 Reaper

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing