Eron AQSHni uranni o‘g‘irlashga urinishda aybladi

Olam

image

AQSH uchuvchilarni qutqarish missiyasi niqobi ostida Eron uranini o‘g‘irlashga harakat qilgan. Bu haqda bugun, 6 aprel kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bag‘oiy SNN telekanali efirida gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning o‘z uchuvchilarini qutqarish bo‘yicha operatsiyasi Eron uranini o‘g‘irlashga bo‘lgan urinish uchun niqob bo‘lishi mumkin, biroq bu reja muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

“Bu boyitilgan uranni o‘g‘irlash uchun qilingan aldov manyovri bo‘lishi mumkinligini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi”, deydi Bag‘oiy.

Diplomatik idora vakili AQSHning uchuvchilarni qutqarish missiyasini 1980 yil aprel oyida Tehrondagi garovga olinganlarni qutqarish maqsadida amalga oshirilgan “Burgut changali” operatsiyasiga qiyoslagan. O‘shanda amerikaliklar bir nechta havo kemalarini yo‘qotgan, shuningdek, sakkiz kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda AQSH bombardimonchi samolyoti urib tushirilgandi. OAVda bir uchuvchi asirga olingani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Harbiylar uchun mukofot e’lon qilindi. Shuningdek, AQSH ommaviy axborot vositalarida ulardan biri qutqarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Kecha, 6 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp ikki uchuvchi qutqarilganini ma’lum qildi. Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ikkala qutqaruv operatsiyasi ham talafotlarsiz o‘tgan. Shu bilan birga, Eron tomoni ushbu missiya davomida Amerika armiyasi ikkita “Black Hawk” vertolyoti va bitta “S-130” harbiy transport samolyotini yo‘qotganini da’vo qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron uran

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing