Eron AQSHda bo‘lib o‘tadigan JCH qur’asini boykot qildi

Sport

image

Eron futbol federatsiyasi AQSH delegatsiyaning bir necha a’zolariga viza berishdan bosh tortgani sababli, Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimini boykot qiladi. Bu haqda “Tehran times” xabar berdi.

“Biz FIFA’ga qabul qilingan qarorlarning sportga aloqasi yo‘qligini va Eron delegatsiyasi a’zolari qur’a tashlash marosimida qatnashmasligini ma’lum qildik”, deya izoh bergan federatsiya matbuot kotibi davlat televideniyesiga.

Shu tariqa, Eron delegatsiyasi joriy yilning 5 dekabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati guruh bosqichi qur’a marosimida qatnashmaydi, chunki AQSH hukumati federatsiyaning bir necha a’zolariga, jumladan prezident Mehdi Tojga viza berishdan bosh tortgan. Garchi boshqa a’zolarga vizalar berilgan bo‘lsa-da, Eron delegatsiyasi siyosiy sabablar tufayli marosimni boykot qilishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Eron Jahon chempionati saralashida O‘zbekiston bilan bir guruhda o‘ynab, shu yilning mart oyida o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati uchun qur’ada 3-savatchadan, Eron esa 2-savatchadan o‘rin olishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron JCh qur'asi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing