Eron AQSH va Isroil hujumiga qarshi koalitsiya tuzmoqchi

Olam

image

Eron Yaqin Sharqdagi bir qator mamlakatlar va ozodlik harakatlari bilan “Qarshilik pakti”ni tuzish loyihasini ishlab chiqmoqda. Ushbu pakt Isroil va AQSH hujumi sodir bo‘lgan taqdirda harbiy yordamni nazarda tutadi. Bu haqda “Tasnim” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu kelishuv umumiy mudofaa tizimini yaratishga qaratilgan bo‘lib, tashqi tahdidlarga qarshi kurash va loyiha ishtirokchilarining inqiroz davrida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashini nazarda tutadi.

“Paktda qatnashayotgan barcha mamlakatlar yoki qarshilik ko‘rsatuvchi ozodlik harakatlari sionistik rejim yoki AQSH tomonidan kelishuv ishtirokchilari hududiga hujum qilingan taqdirda, bir-birlariga har tomonlama iqtisodiy, harbiy va siyosiy yordam ko‘rsatishlari shart bo‘ladi", deb yozadi nashr hujjat matniga tayanib.

Ushbu loyiha ustida ishlayotgan mutaxassislardan birining so‘zlariga ko‘ra, kelishuvga kiritiladigan asosiy jihatlardan biri qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni rejalashtirish bo‘lib, bu ishtirokchilar o‘rtasidagi operativ imkoniyatlarni va muvofiqlashtirishni oshirishga qaratilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu reja Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat komissiyasida ko‘rib chiqilmoqda va yaqin kunlarda jamoatchilik muhokamasi uchun Islomiy Kengashga taqdim etilishi mumkin.

Biroq “Tasnim” “Qarshilik pakti” qaysi davlat va harakatlar bilan tuzilishi rejalashtirilayotganini ochiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Isroil kengayishiga qarshi islomiy davlatlar koalitsiyasini tuzishga chaqirgandi. Eron Islom Respublikasi oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy esa barcha islomiy mamlakatlarni Isroil bilan siyosiy munosabatlarni cheklashga va u bilan iqtisodiy aloqalarni uzishga chaqirgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing