Eron Afinadagi yahudiylarni o‘ldirishni reja qilganmi? 

Olam

image

Gretsiya poytaxti Afinadagi asosan yahudiylar jamoasi boradigan restoran va sinagogaga Eronga aloqador kuchlar hujum qilishni rejalashtirgani haqida xabarlar tarqaldi. Eronning Afinadagi diplomatik missiyasi esa bunday ayblovlarni qat’iyan rad etdi.

“Tehron sionistik manbalar tomonidan tarqatilgan Eronga qarshi mish-mishlar va asossiz ayblovlarni qat’iyan rad etadi”,  deyiladi elchixonaning Twitter'da e’lon qilgan xabarida.

Shuningdek, Eron elchixonasi o‘z bayonotida Isroildagi hukumatga qarshi ommaviy namoyishlarga e’tibor qaratgan.

“Ular o‘zlarining uydirma ssenariylari bilan jamoatchilik e’tiborini cho‘kib ketgan ichki inqirozdan chalg‘itishga harakat qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etish joiz, joriy yilning 28 mart kuni Gretsiya Fuqarolarni himoya qilish vaziri Takis Teodorikakos asli kelib chiqishi eronlik bo‘lgan ikki pokistonlikni terakt tayyorlashda gumon qilinib, hibsga olinganini ma’lum qilgan. Gumondorlar milliy razvedka xizmati va Gretsiya aksilterror bo‘limi tomonidan qo‘lga olingan. Isroil esa Eronni terakt rejalashtirganlikda ayblagan va hujum Mossad (Isroil Milliy razvedka xizmati) ko‘magida oldi olinganini da’vo qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing