Erkak yomon baho olgan o‘g‘lining tirnog‘ini sug‘irib, kaftini kuydirdi
Olam
−
17 mart 2023
12338Rossiyaning Rostov viloyatida yashovchi erkak yomon baho olgan o‘g‘lining tirnog‘ini sug‘irib, kaftini kuydirdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, erkak o‘g‘lini yetti yil davomida qiynab kelgan. Jumladan, uni och qoldirgan, boshini devorga urgan, tashqarida tunashga majbur qilgan hamda tamaki qoldig‘ini yedirgan yoki bir quti sigaretni chekishga majburlagan. Bola ochlik sabab otasidan pul o‘g‘irlashga majbur bo‘lgan va oqibatda yanada qattiq qiynoqqa solingan.
Yetti yillik azoblardan so‘ng bola uyidan qochib ketgan va politsiyaga murojaat qilgan. Voyaga yetmagan farzandiga nisbatan zo‘ravonlik qilgan erkak 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Bola reabilitatsiya qilingani hamda otasidan 500 ming rubl (74,3 million so‘m) tovon puli undirganidan so‘ng onasi bilan birga yashay boshlagani ma’lum qilingan.
Bu kabi farzandlarni noodatiy – vaxshiyona jazolash turlari asosan Xitoyda kuzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Sichuan provinsiyasida ota yomon baho olgan o‘g‘lini tasodifan samuray qilichi bilan o‘ldirib qo‘ygani uchun 12 yilga qamalgandi. Avvalroq, Xitoyda yana bir ota o‘g‘lining smartfon o‘ynashga mukkasidan ketgani sabab tuni bilan uxlamay, 17 soat davomida telefon o‘ynashga majbur qilgandi. Shuningdek, Xitoyda ota-ona televizor qarshisida haddan tashqari ko‘p o‘tirgan o‘g‘lini tuni bilan televizor ko‘rishga majburlagandi.
LiveBarchasi