Erkak boshidan benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi

Olam

image

Kecha, 14 fevral kuni Rossiyaning Rostov viloyati Shaxti shahri markazida 52 yashar erkak boshidan benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari yozmoqda

Qayd etilishicha, noma’lum shaxs Lenin maydonida proletariat yo‘lboshchisi haykali yaqinida o‘zini yoqib yuborgan. 

Ma’lum qilinishicha, ba’zi guvohlar uni qutqarishga harakat qilgan, biroq yonayotgan Donetsk fuqarosi qutqarishlarini xohlamagan va qarshilik ko‘rsatib, qo‘yib yuborishni so‘ragan. Odamlar uni suv bilan o‘chirishga urinishgan, ammo yong‘in faqatgina o‘t o‘chirgich yordamida o‘chirilgan. 

Voqea joyiga shifokorlar yetib kelgan. Ammo erkak shifoxonaga yetib bormay, tez yordam mashinasida vafot etgan. 

Ta’kidlanishicha, keyinchalik erkakning shaxsi aniqlangan. U ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatga olingan mahalliy fuqaro bo‘lib chiqqan. Erkakni bunday dahshatli harakatga aynan nima undagani hozircha noma’lum.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Rostov viloyati bo‘yicha mintaqaviy bosh boshqarmasi aynan nima bo‘lganini ayta olmagan, ular faqat ma’lumotga aniqlik kiritayotganliklarini ta’kidlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1906

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing