Erik ten Xag Eldor Shomurodovning ustoziga aylanishi mumkin
Sport
−
12 noyabr
3211Yaqindagina “Manchester Yunayted” murabbiyligidan ketgan niderlandiyalik murabbiy Erik ten Xag o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan Rimning “Roma” klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda “Corriere dello Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda “Roma” xo‘jayinlari jamoaga yangi murabbiy tanlash uchun Angliya poytaxti Londonda bo‘lib turibdi. Rimliklar posti uchun nomzodlardan biri 54 yoshli Erik ten Xag bo‘lib turibdi.
Shuningdek, “bo‘rilar” murabbiyligida nomzodlar orasida “Chelsi” va “Brayton” klublarining sobiq bosh murabbiyi Grem Potter ham bor. Massimiliano Allegri, Roberto Manchini, Klaudio Raneri va Vinchenso Montella kabi murabbiylar ham klub murabbiyligiga nomzod sifatida ko‘rsatilmoqda, biroq Rim klubi bu murabbiylarga aloqaga chiqmagan.
Qayd etish joiz, 10 noyabr kuni Rim klubi xo‘jayinlari bir qator muvaffaqiyatsiz o‘yinlar sabab xorvatiyalik mutaxassis Ivan Yurichni ishdan olgandi. Yurish Rimda atigi ikki oy ishladi.