Ergash Soliyev o‘rinbosariga “hayfsan” berdi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2021
9643Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxrom Amonovich Nazarovga “hayfsan” berdi. Hokimning tegishli farmoyishi joriy yilning 7 oktyabr kuni qabul qilindi.
Hokim o‘rinbosari Baxrom Nazarov “Obod qishloq” va “Obod mahalla” hamda boshqa dasturlar doirasida qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarishda, moliyalashtirilgan mablag‘larni o‘zlashtirishda jiddiy qoloqliklarga yo‘l qo‘ygani, qurilish-montaj ishlarini sifatli amalga oshirishda yetarli darajada nazorat o‘rnatmaganligi o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi sababli intizomiy jazoga tortilgan.
Bahrom Nazarov
“Viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nazarov Baxrom Amonovichga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin”, deyiladi hujjatda.
Avvalroq, Buxoro viloyatida 5 ta tuman – Qorovulbozor, Vobkent, Kogon, Peshku va Buxoro hokimlari “hayfsan” olgan, Jondor hamda Shofirkon hokimlari jarimaga tortilgandi.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Turdiyevich Ergashev, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Bahodirovich Ibrohimov va Yangihayot tumani hokimi Hayot Ilyasovich Inog‘amovga “hayfsan” bergandi.
LiveBarchasi