Erdo‘g‘anning advokati Shvetsiyadagi namoyish bo‘yicha prokuraturaga murojaat qildi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning advokati Husayn Oydin Anqara prokuraturasiga Shvetsiyada Turkiya rahbariga qarshi namoyish tashkilotchilariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish talabi bilan murojaat qildi. Bu haqda Oydin juma kuni Twitter orqali xabar bergan. 

Prokuraturaga murojaat kecha, 12 yanvar kuni Turkiyada faoliyati taqiqlangan va terrorchi deb topilgan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tarafdorlari tomonidan Stokgolmda o‘tkazilgan mitingda Erdo‘g‘anga nisbatan haqoratli so‘zlar aytilganidan keyin kelib tushgan. Ayni vaqtda Turkiya rahbariga o‘xshash qo‘g‘irchoq mahalliy hokimiyat binosi oldidagi ustunga oyog‘idan osib qo‘yilgan. 

“Terrorchi KIPning Stokgolmda prezidentimizga qarshi qaratilgan va jinoyat tarkibini o‘z ichiga olgan chiqishlarini uyushtirishga aloqador shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish talabi bilan Anqara prokuraturasiga murojaat yuborildi”, deydi Erdo‘g‘anning advokati. 

Turkiyada Prezidentni haqorat qilish jinoyat hisoblanadi. Mahalliy Jinoyat kodeksining 229-moddasiga ko‘ra, u to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi. 

Turkiya hukumati Stokgolmda o‘tkazilgan aksiyani qoraladi. Shvetsiyaning Anqaradagi elchisi Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga nisbatan norozilik bildirildi. Turkiya parlamenti spikeri Mustafo Shentop Shvetsiya parlamenti rahbarining 17 yanvarga mo‘ljallangan Anqaraga tashrifini bekor qildi, unda shimoliy mamlakatning NATOga kirishi masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan edi. 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li, o‘z navbatida, Shvetsiyani Anqara KIPga qarshi qat’iy choralar ko‘rmaguncha uning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlamasligidan ogohlantirdi. Uning eslatishicha, Anqara Shvetsiyadan terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashish bo‘yicha memorandum imzolanishini kutmoqda, bu Turkiya tomoni Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish haqidagi arizasini ma’qullash sharti hisoblanadi. Ushbu hujjat o‘tgan yilning iyun oyida Madriddagi NATO sammiti doirasida imzolangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyi Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made