Erdo‘g‘an Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qildi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qildi. 

Turkiya Prezidenti aloqa departamenti xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida yetakchilar Rossiya-Ukraina urushi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan. 

Prezident Erdo‘g‘an ukrainalik mavqedoshiga Turkiyaning insonparvarlik yordami orqali qiyin qish oylarida Ukraina xalqining ehtiyojlarini qondirish uchun harakatlarini davom ettirayotganini aytdi. 

Turkiya Prezidenti Anqaradagi 1033 nafar ukrainalik yetim bola birinchi xonim Emina Erdo‘g‘anning shaxsiy nazoratida ekanini ta’kidladi. 

G‘alla koridorining turli oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlarni o‘z ichiga olishi uchun kengaytirilishi mumkinligini ifoda etgan Prezident Erdo‘g‘an, Zaporoje atom elektr stansiyasi uchun ham tez orada yechim topilishini umid qildi. 

Prezidentlar Erdo‘g‘an va Zelenskiy ham Ukraina Prezidenti tomonidan G-20 sammitida e’lon qilingan tinchlik rejasini amalga oshirish harakatlariga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan hissani yuqori baholadilar. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 dekabrl kuni Prezident Erdo‘g‘an rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putinga ham qo‘ng‘iroq qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

251

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing