Erdo‘g‘an va Zelenskiy yopiq eshiklar ortida 3 soat dardlashdi
Olam
−
03 fevral 2022
5482Kiyevga bo‘lib turgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Yopiq eshiklar ortida o‘tgan muloqot 3 soatu 10 daqiqa davom etgani aytilmoqda. Avvaliga uchrashuv 1,5 soatga mo‘ljallangani aytilgandi.
Hozirgacha ikki rahbar qanday masalalarni muhokama qilgani ma’lum emas. Ikki davlat rahbarlari Matbuot xizmatlari muloqot haqida xabar e’lon qilishdan tiyilmoqda. Hozirgacha faqat Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi davlat rahbarlari muloqot qilgani haqida xabar berdi. Biroq, muloqotda qaysi masalalar muhokama qilingani sir saqlanmoqda.
Mariinskiy saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ikki davlat delegatsiyalarining bir qismi bilan kengaytirilgan tarkibda davom etgan.
Prezidentlar muloqoti davom etayotgan vaqtda esa ikki mamlakat birinchi xonimlari – Emina Erdo‘g‘an va Yelena Zelenskaya Sofiya Kiyevskaya obidasiga borib, turk tilidagi audiogid taqdiomtida ishtirok etishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezidentlarning bugungi kundagi asosiy maqsadi erkin savdo zonasi bilan to‘rtta ikki tomonlama shartnoma imzolashdan iborat:
1. Erkin savdo shartnomasi;
2. Yuqori texnologiyalar, aviatsiya va kosmik sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi doiraviy bitim;
3. Yoshlar siyosati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
4. Huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma loyihasi.
Tomonlar Qora dengizdagi ikki davlat harbiy-dengiz kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini ham muhokama qiladi.
LiveBarchasi