Erdo‘g‘an va Putinning muzokaralari boshlandi (video)
Olam
−
04 Sentabr 2023 11473 2 daqiqa
Bugun, 4 sentyabr kuni Sochida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning muzokaralari boshlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Prezident Erdo‘g‘anni Sochi xalqaro aeroportida Krasnodar o‘lkasi gubernatori o‘rinbosari Aleksandr Ruppel, Sochi meri Aleksey Kopaygorodskiy, Turkiya Respublikasining Moskvadagi elchisi Mehmet Samsar va boshqa mansabdor shaxslar kutib olgan.
Vladimir Putinning Sochi qarorgohida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan keng doiradagi muzokaralar boshlangan. Rasmiy uchrashuv boshlanishidan oldin ikki davlat rahbari qisqacha suhbat o‘tkazgan.
“Mintaqada xavfsizlikni ta’minlash borasida gaplashib olish kerak bo‘lgan narsalar bor. Albatta, biz Ukraina inqirozi bilan bog‘liq masalalarni e’tiborsiz qoldirmaymiz. Don bitimi bo‘yicha masalalarni ko‘tarish niyatida ekanligimizni bilaman. Muzokaralar uchun doimo ochiqmiz”, degan Rossiya rahbari uchrashuv boshida.
Shuningdek, u rejaga ko‘ra, Turkiyada Akkuyu AES loyihasi davom etayotganini, birinchi energiya bloki 2024 yilda ishga tushirilishini ta’kidlagan.
Erdo‘g‘an esa Putinga Turkiyadagi yong‘inlarni o‘chirishda yordam bergani uchun minnatdorlik bildirgan.
Ma’lumot uchun, Rajab Toyib Erdo‘g‘an va rafiqasi Emina Erdo‘g‘an bilan birga Tashqi ishlar vaziri Hokon Fidan, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayraktar, G‘aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek, Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler va boshqa Turkiya rasmiylari ham Sochiga borgan.
Live
Barchasi