Erdo‘g‘an va Putin telefonda gaplashdi. Yetakchilar nimalarni muhokama qildi?
Olam
−
27 aprel 2023 6646 1 daqiqa
Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda “TRT” xabar berdi.
Turkiya rahbari idorasining ma’lum qilishicha, Erdo‘g‘an Putin bilan Ukrainadagi vaziyat va don bitimini muhokama qilgan.
Muloqotda Erdo‘g‘an bugun, 27 aprel kuni Birinchi Yadro yoqilg‘isini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadigan “Oqquyu” Atom stansiyasiga qo‘shgan hissalari uchun Putinga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Suriyadagi o‘zgarishlar ham muhokama qilindi. Erdo‘g‘an don bitimi bo‘yicha yangi tashabbuslar ustida ishlash imkoniyati haqida gapirib, buning uchun alohida ishchi guruh tashkil etish taklifini bergan.
Eslatib o‘tamiz, 26 aprel kuni Turkiya rahbari jonli efirda nutq so‘zlayotgan vaqtida ahvoli yomonlashgan va 20 daqiqalardan so‘ng o‘ziga kelgandi. Davlat rahbari miokard infarktini boshidan o‘tkazgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, kecha, 26 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskva vaqti bilan soat 21:58 da shoshilinch ravishda Kremlga qaytgan. Tarmoqlarda uning kortejining tasvirlari tarqalgan yedi. Ma’lum qilinishicha, bunga sabab Erdo‘g‘anning sog‘ligi yomonlashgani bo‘lishi mumkin. Rossiyalik shifokorlar Turkiyaga jo‘natilgani haqida xabar berilgandi. Biroq keyinroq Anqara bu xabarlarni rad etdi va Erdo‘g‘anning ahvoli yaxshi ekanligini ta’kidladi.
Shohjahon Majitov
Live
Barchasi