Erdo‘g‘an va Aliyev Anqarada uchrashdi (video)

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Turkiyaga bordi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar berdi.

Turkiya poytaxtida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, Prezident Erdo‘g‘an oliy martabali mehmonni Anqaradagi Prezidentlik majmuasi kiraverishida kutib olgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu Ozarbayjon rahbarining 7 fevralda bo‘lib o‘tgan saylovdagi g‘alabasidan keyingi ilk xorijga tashrifidir.

Prezidentlar ikki mamlakat davlat bayroqlari fonida esdalik suratiga tushganidan so‘ng, davlat rahbarlarining yakkama-yakka uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. O‘z navbatida kengaytirilgan tarkibda muzokaralar ham boshlangan.

Muzokaralar yakuniga yetgach, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va hamrohligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk maqbarasini ziyorat qildi.

Ozarbayjon Prezidenti maqbaraga gulchambar qo‘yib, xotira kitobiga yozuv qoldirgan.

“Ozarbayjon quvonchini o‘z quvonchi, qayg‘usini esa o‘z qayg‘usidek qabul qilgan G‘ozi Mustafo Kamol Otaturkning yorqin xotirasi Ozarbayjon xalqi qalbida hamisha yashaydi. Ruhi shod bo‘lsin!” deyiladi unda.

Ozarbayjon rahbari ziyorat yakunida Ozar-Turk birodarligi, hamjihatligini asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish, shuningdek, strategik ittifoqni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash har ikki davlatning asosiy vazifasi ekanligini ta’kidlagan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing