Erdo‘g‘an Tramp bilan Liviyani muhokama qildi
Olam
−
15 yanvar 2020
6120Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan telefonda muloqot qilib, Liviyadagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Turkiya Prezidenti administratsiyasida ma’lum qilindi.
“Turkiya Prezidenti Toyib Erdo‘g‘an AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan telefonda muloqot qildi. Suhbat davomida ikki tomonlama aloqalar, shuningdek, Liviyadagi vaziyat va mintaqadagi hodisalar muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 19 yanvar kuni Berlinda Liviya masalasida xalqaro sammit o‘tkaziladi. Unda Rossiya, Turkiya, Buyuk Britaniya va Italiya yetakchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya va Rossiya Liviyadagi ikki asosiy kurashuvchi tomonlarni muzokara stoliga olib keldi. Unda Liviya Milliy birdamlik hukumati rahbari Faiz Sarroj va Liviya milliy armiyasi generali Xalifa Haftar yarashuv bitimini imzolashi kerak edi. Biroq Haftar Moskvani hech qanday hujjatni imzolamay tark etdi.
LiveBarchasi