Erdo‘g‘an tibbiy niqoblarni sotishni taqiqladi – ular bepul tarqatiladi
Olam
−
07 aprel 2020
5104Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatda yangi turdagi koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun yangi choralarni e’lon qildi. Ushbu choralarni bir qismi sifatida aholiga bepul tibbiy niqob tarqatilishi ko‘zda tutilgan.
"Mahalliy hokimiyat fuqarolarimizga tibbiy niqoblar yuborishni boshladi. Fuqarolar tegishli elektron so‘rovni "E-devlet" portalida yoki "Turkish Post" pochta saytida qoldirishlari mumkin. Bundan buyon niqoblarni sotish taqiqlanadi” deydi Turkiya rahbari.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya sog‘liqni saqlash tizimi har kuni 20 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasini tekshirib, muhim bosqichni bosib o‘tdi. Bundan tashqari, Prezident Erdo‘g‘an Istanbul aeroporti yaqinida 1000 o‘rinli yana ikkita shifoxona tashkil etilishini aytdi.
Turkiya Prezidetining ma’lum qilishicha, hukumat COVID-19 pandemiyasi paytida yana 2,3 million oilaga yordam berish rejasini tayyorlamoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 30 217 ta koronavirus holati qayd etilgan, 649 kishi vafot etgan va 1 326 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.