Erdo‘g‘an Telegram’da rasmiy kanalini ochdi
Olam
−
13 yanvar 2021
4950Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Telegram’da rasmiy kanalini ochdi. Kanalga birinchi xabar kecha, 12 yanvar kuni yuborilgan. Akkaunt Telegram ma’muriyati tomonidan rasmiy sahifa sifatida tasdiqlangan.
Ushbu yangilik ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinganidan so‘ng, Turkiya Prezidentining rasmiy kanali obunachilari hozirda 150 mingtadan oshgan.
Shuningdek, kanalga Erdo‘g‘anning mushuk ortida tushirilgan rasmi ham joylangan.
Avvalroq do‘nyoda, qolaversa Turkiyada katta auditoriyaga ega bo‘lgan WhatsApp ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini Facebook’ga o‘tkazishini e’lon qildi.Shundan so‘ng, WhatsApp’dan norozilik sifatida ommaviy chiqish boshlandi.
Shu bilan birga, Telegram AQSH Prezidenti Donald Trampning Twitter’da blokirovka qilinishi hamda Apple va Google do‘konlaridan Parler ilovasi olib tashlanganidan keyin AQSHda yuklab olish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. 6 yanvardan bir hafta ichida Qo‘shma Shtatlarda Telegram 545 ming marta yuklab olindi, bu bir hafta oldingi ko‘rsatkichdan deyarli uch baravar ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, dunyo bo‘yicha Telegram messenjeridan foydalanuvchilar soni 500 milliondan oshdi. So‘nggi 72 soatda butun dunyodan 25 mln odam Telegram’da ro‘yxatdan o‘tgan.
LiveBarchasi