Erdo‘g‘an tarixiy hujjatni imzoladi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat parlamentiga Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilishni taklif qildi. Bu haqda Turkiya yetakchisi ma’muriyati ma’lum qilmoqda.

“Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi protokolni imzoladi va uni 23 oktyabr kuni parlamentga taqdim etdi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Turkiya hukumati Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini oktyabr oyida parlamentning kuzgi sessiyasi boshlanishi bilan ko‘rib chiqish imkoniyatini e’lon qilgan edi.

Tartibga ko‘ra, hujjat dastlab Xalqaro ishlar komissiyasida ko‘rib chiqiladi va ma’qullansa, butun parlament ovoziga qo‘yiladi.

Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokol hozircha alyansning 31 davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan, faqat Turkiya va Vengriya uni tasdiqlamagan. 

Ma’lumot o‘rnida, NATO, Turkiya va Shvetsiya o‘rtasida iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tgan alyans sammiti oldidan Anqara tomonidan ushbu hujjatni muddatidan oldin ratifikatsiya qilish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan edi. Biroq Turkiya tomoni arizani ma’qullash uchun bir qancha, jumladan, terrorizmga qarshi kurashish va Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy va vizaviy integratsiyani jadallashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish shartlarini qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya oktyabr oyida Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ratifikatsiya qilishni Vashingtondan Anqaraning F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha ijobiy qarorigacha to‘xtatib qo‘ymoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Shvetsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing