Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi uchun shartini aytdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Turkiya Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, Erdo‘g‘an Stoltenbergga Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish istagiga yashil chiroq yoqilishi uchun o‘z shartini aytgan. Uning bildirishicha, buning uchun Stokgolmda noqonuniy deb topilgan Kurdiston Ishchilar partiyasi tarafdorlarining namoyishlari to‘xtatilishi kerak. 

“Erdo‘g‘an Stoltenbergga Turkiya konstruktiv munosabatda ekanligini, biroq Shvetsiyaning terrorizmga qarshi qonunlarni Anqara talablarini qondirish uchun o‘zgartirishi “ma’nosiz” bo‘lganini, PKK tarafdorlari mamlakatda norozilik namoyishlarini o‘tkazayotganini aytdi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Ma’lumot uchun, Shvetsiya va Finlyandiya 2022 yilning may oyida Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish uchun ariza bergan, biroq Turkiya PKK va PYD terrorchi deb e’lon qilishni hamda 2016 yilda terrorchilik yoki davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etishda ayblanganlarni ekstraditsiya qilishni talab qilib, qo‘shilish jarayonini bloklagan. 2022 yilgi NATO sammiti oldidan ushbu muammolarni hal qilish uchun Turkiya, Finlyandiya va Shvetsiya o‘rtasida ikki shimoliy davlat qilishi kerak bo‘lgan aniq qadamlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan memorandum imzolangan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 mart kuni Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qullagandi. 4 aprel kuni esa Finlyandiya ittifoqning 31-a’zosi sifatida blokga rasman qabul qilingandi.

Avazbek Mo‘ydinov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing