Erdo‘g‘an Rossiya qurollari tufayli kiritilgan sanksiyalarga javob qaytardi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiyaning S-400 zenit to‘plamlarini sotib olgani sababli Turkiyaga qarshi kiritilgan AQSH sanksiyalarini Respublikaning suveren huquqlariga qarshi hujum deb atadi.

“Ushbu qaror mamlakatimizning suveren huquqlariga qarshi hujumdir. Ularning asl maqsadi bizni mudofaa sanoatiga qaram qilishdir. Qo‘shma Shtatlar havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini sotib olishda bizning shartlarimizni bajarmadi va ular sanksiyalarni qo‘lladi, chunki biz o‘z yordamimiz bilan ehtiyojlarimizni qondirdik. Mudofaa sanoatimizni yanada mustaqil qilish uchun biz ikki barobar ko‘proq harakat qilamiz” deydi Turkiya rahbari Anqara-Nigde avtomagistrali ikkinchi qismining ochilish marosimida. 

Erdo‘g‘an so‘zida davom etar ekan, Turkiyaning “Aselsan” va “Roketsan” konsernlari tomonidan ishlab chiqilgan “Hisar A+” havo hujumidan mudofaa tizimi namoyish qilingan videoni taqdim etdi.

Bundan tashqari, Turkiya Prezidenti Anqara S-400 atrofidagi vaziyatni hal qilish uchun texnik ishchi guruh tuzishni Vashingtonga bir necha bor taklif qilganini eslatdi, ammo bu taklifga javob bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlari Turkiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa to‘plamlarini sotib olgani uchun mamlakatning Mudofaa sanoati boshqarmasi va uning rahbari Ismoil Demirga sanksiyalar kiritdi.

Sanksiyalar qatoriga Turkiya Mudofaa sanoati boshqarmasi uchun litsenziya va eksportga ruxsatnomalar berishni taqiqlash, shuningdek, Demir va boshqa amaldorlarning AQSHdagi aktivlarini muzlatilishi kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an Sanktsiya

Baholaganlar

521

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing