Erdo‘g‘an rafiqasi bilan Samarqandga yetib keldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 15 sentyabr kuni Samarqandga keldi.

Aeroportda uni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Oliy martabali mehmon Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov maqbarasiga kelib, Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi va qabriga gul qo‘ydi.

Turkiya yetakchisining tashrifi dasturida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.

SHHT sammitida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston davlat hamda hukumat rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko allaqachon Samarqandga yetib kelgan. Endilikda Qozog‘iston va Hindiston yetakchilari kelishi kutilmoqda.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ozar-arman chegarasidagi qurolli to‘qnashuv sabab sammitda ishtirok etmasligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

201

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing