Erdo‘g‘an mehmon Mirziyoyevni sovg‘a bilan siyladi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 12 noyabr kuni kechasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda Turkiya yetakchisi mehmon Mirziyoyevga o‘zining “Daha Adil Bir Dünya Mümkün” (“Adolatli dunyo bo‘lishi mumkin”) nomli kitobining o‘zbek tiliga tarjima qilingan variantini sovg‘a qildi. 

Mirziyoyev Erdo‘g‘anni Turkiy davlatlar tashkilotining tarixiy sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilmaga raislikni qabul qilib olgani bilan yana bir bor tabrikladi.

Prezidentlar O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi bugungi yuqori sur’atlarni saqlab qolish, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, ikki mamlakat yetakchi korxona, kompaniya va banklari kooperatsiyasini kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

Gumanitar aloqalar faollashgani, O‘zbekiston va Turkiyada madaniy tadbirlar muntazam o‘tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

683

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing