Erdo‘g‘an Maskni Turkiyada Tesla zavodini ochishga chaqirdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Nyu-Yorkda tadbirkor Ilon Mask bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiya Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

“Prezidentimiz janob Rajab Toyib Erdo‘g‘an Nyu-Yorkdagi Turklar uyida Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Maskni qabul qildi”, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda Prezident tadbirkorni Turkiyada yettinchi Tesla elektromobil ishlab chiqarish zavodini ochishga chaqirgan. Erdo‘g‘an Turkiyaning kosmik dasturi doirasida mamlakatning SpaceX bilan hamkorligi potensial rivojlanishini ta’kidlagan va Maskni sentyabr oyi oxirida Turkiyaning Izmir shahrida bo‘lib o‘tadigan texnologiya ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qilgan.

Qayd etilishicha, Prezident Maskga Turkiyani raqamlashtirish konsepsiyasi va sun’iy intellekt sohasidagi milliy strategiya haqida ham gapirib bergan.

Ma’lumot uchun, bu Turkiya rahbari va amerikalik tadbirkorning birinchi uchrashuvi emas. O‘tgan yil oxirida ular Qatarda jahon chempionatining final uchrashuvida suhbatlashgan. Suhbat tafsilotlari esa ochiqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an SpaceX Ilon Mask Tesla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing