Erdo‘g‘an kelasi oy O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning mart oyi oxirida O‘zbekistonga safar qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda uning o‘zi joriy yilning 11 fevral kuni Istanbuldagi "Vahdetdin" qarorgohida Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi a’zolari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Ictanbuldagi yig‘inda O‘zbekistondan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashining a’zosi Baxtiyor Sayfullayev ishtirok etgan.

Uchrashuv chog‘ida Erdo‘g‘an O‘zbekiston Prezidentining siyosiy irodasi tufayli nafaqat Markaziy Osiyoda muhit tomoman yangilanib, yaxshi qo‘shnichilik aloqalari tiklangani, balki Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar bilan mustahkam birodarlik rishtalari bog‘lagani, Tashkilotning to‘laqonli faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganini ta’kidlagan.

Erdo‘g‘an joriy yil mart oyi oxirlarida Toshkentga borishni rejalashtirayotgani, kuzda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti ushbu Tashkilot faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonishini bildirgan.

“So‘zim yakunida inim Shavkatbey Mirziyoyev Janobi Oliylariga samimiy salomlarim va ezgu tilaklarimni yetkazishingizni so‘rayman”, degan Rajab Toyib Erdo‘g‘an.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing