Erdo‘g‘an Qilichdoro‘g‘liga yutqazishi mumkin – ijtimoiy so‘rov 

Olam

image

TEAM ijtimoiy tadqiqot markazi joriy yilning 23-26 aprel kunlari o‘tkazgan tadqiqotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kutilayotgan saylovlardan ikki hafta oldin muxolif saylovchilar Kamol Qilichdoro‘g‘li atrofida birlashish tendensiyasini ko‘rsata boshlagan. Bu haqda “Dokuz 8 haber” xabar berdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Qilichdoro‘g‘li birinchi tur taqsimotida 47,4 foiz ovoz bilan Erdo‘g‘andan 3 ball oldinga chiqqan. Taqqoslash uchun, TEAMning mart oyida e’lon qilgan tahlilida Erdo‘g‘an 42,8 foiz, Qilichdoro‘g‘li esa 39,9 foiz ovoz olishi aytilgan.

Mart oyidagi so‘rovda yana bir prezidentlikka nomzod Muharrem Inje 16,2 foiz bo‘lgan bo‘lsa, bu galgi tadqiqotda u 6,1 foizga tushgan. Injedan ketgan ovozlarning aksariyati Qilichdarog‘liga o‘tgan. Boshqa tomondan, Injega ovoz berishini aytgan saylovchilarining 60 foizi ikkinchi turda Qilichdarog‘liga ovoz berishga moyilligini bildirgan. Shunga ko‘ra, agar bu guruh birinchi turda Qilichdarog‘liga yuzlansa, saylov birinchi turda Qilichdarog‘lining g‘alabasi bilan yakunlanishi mumkin.

TEAM tadqiqoti bashoratiga ko‘ra, Inje va Sinan Oganning umumiy ovozlari 5 foizdan past bo‘lsa, Kemal Qilichdarog‘li birinchi turda saylovda g‘alaba qozonishi mumkin. Hozirda ularning umumiy ovozlari 8,2 foizni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an Qilichdoro'g'li prezident saylovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing