Erdo‘g‘an Baydenga AQSHning Turkiya oldidagi qarzini eslatib qo‘ymoqchi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shotlandiyaning Glazgo shahrida o‘tkaziladigan iqlim bo‘yicha konferensiyada AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashadi. U Amerika yetakchisi bilan beshinchi avlod F-35 samolyotlari  bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qiladi. Bu haqda Erdo‘g‘an Ozarbayjon safaridan qaytayotganda jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Aftidan, Rim va Glazgoda kun tartibi o‘zgardi. Bizning uchrashuv Rimda emas, Glazgoda o‘tadiganga o‘xshaydi. Unda eng muhim mavzu, albatta”, F-35 bilan bog‘liq vaziyat bo‘ladi”, degan Erdo‘g‘an.

Turkiya Prezidenti rasmiy Anqara qiruvchi samolyotlar uchun 1,4 mlrd dollar to‘laganini eslatgan va uni qaytarish yo‘llarini muhokama qilish kerakligini aytgan.

Qo‘shma Shtatlar 2019 yilda Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasini (ZRM) sotib olgan Turkiyaga bosim o‘tkazish uchun bu davlatga beshinchi avlod F-35 samolyotlarini yetkazib berishdan bosh tortgandi. Ammo Anqara baribir Rossiyadan qurollarni sotib olgandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 oktyabr kuni Erdo‘g‘an Ozarbayjonning armanlardan ozod qilingan Fuzuli tumanida bo‘ldi. U Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Fuzuli xalqaro aeroportini ochib berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

584

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing