Erdo‘g‘an 9 may kuni AQSHda Bayden bilan uchrashishi mumkin – OAV
Olam
−
26 mart
2236Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 9 may kuni AQSHga borib, u yerda amerikalik mavqedoshi Jo Bayden bilan muzokaralar o‘tkazishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Hurriyet” gazetasi xabar berdi.
Nashr bu haqda Erdo‘g‘anning tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Akif Chag‘atay Qilich va AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan o‘rtasidagi muloqot natijalariga asoslanib xabar bermoqda. Ularning suhbatida Turkiya rahbarining AQSHga tashrifi masalasi, jumladan, bunday safarning taxminiy sanasi ham muhokama qilingan.
Gazetaning yozishicha, rejadan tashqari kechikishlar bo‘lmagani va Amerika ma’muriyatining dasturida saylovoldi tarangligini hisobga olgan holda Erdo‘g‘anning Vashingtonga tashrifi may oyining ikkinchi haftasida amalga oshishi mumkin.
“Shu munosabat bilan Erdo‘g‘an va Bayden o‘rtasidagi 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralarga e’tibor qaratilishi mumkin”, deb yozadi gazeta.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Istanbulda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qabulida bo‘lib, Yaqin Sharq va Ukrainadagi mojarolarni muhokama qilgandi.
LiveBarchasi