Erdo‘g‘an 41 konchi halok bo‘lgan portlash hududiga bordi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 15 oktyabr kuni Bartin viloyatining Amasra tumanidagi portlash oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan ko‘mir koniga bordi. Bu haqda “Anadolu Agency” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiya rahbari konchilarning yaqinlari va qidiruv-qutqaruv ishlari ishtirokchilari bilan suhbatlashgan.

Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu, Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Vedat Bilgin va Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fatih Do‘nmaz davlat rahbariga voqea ko‘lami va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot bergan.

“Amasradagi ko‘mir konida sodir bo‘lgan avariya 41 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Hodisa har tomonlama tekshiriladi”, deydi Prezident jurnalistlarga.

Shuningdek, Erdo‘g‘an Turkiyaning Tabiiy ofatlarning oldini olish va bartaraf etish boshqarmasi qoshidagi Mobil tabiiy ofatlarni muvofiqlashtirish markaziga tashrif buyurgan.

“Yangi fojialarning oldini olish maqsadida konchilik korxonalarida eng ilg‘or texnologik yechimlar qo‘llaniladi. Hokimiyat faoliyat talablaridan chetga chiqishga va ortiqcha tavakkalchiliklarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi”, deydi u.

Davlat rahbari Amasradagi kondagi avariya munosabati bilan ajratiladigan davlat yordami miqdori mamlakat Vazirlar Mahkamasining bo‘lajak yig‘ilishida belgilanishini aytgan.

Bundan tashqari, Turkiya Prezidenti Bartin viloyatining Marakaji qishlog‘iga tashrif buyurib, ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lgan konchilardan biri bilan vidolashuv marosimida ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 oktyabr kuni kuni Turkiyaning Bartin viloyatidagi Amasra shahridagi ko‘mir konida, 300 metr chuqurlikda portlash yuz berdi.

Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lumotlariga ko‘ra, portlash transformator nosozligi tufayli sodir bo‘lgan. Ammo keyinroq agentlik bu ma’lumotni rad etib, favqulodda holat sabablari hali aniqlanmagani haqida bayonot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing