Er-xotin janjaliga aralashgan uka akasini jarohatladi

Jamiyat

image

Andijonda uka turmush o‘rtog‘ini kaltaklayotgan akasini to‘xtatib, uning o‘ziga jarohat yetkazdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 14 avgust kuni soat 18:00 da G.K. o‘zi kelin bo‘lib tushgan, ammo oilaviy nizo tufayli hozirda yashamay kelayotgan Xo‘jobod tumanida joylashgan uyga farzandlarining kiyimlarini olish maqsadida borgan.

G.K. va uning turmush o‘rtog‘i Q.K. uyda yana o‘zaro janjallashganligi sababli Q.K., turmush o‘rtog‘i G.K.ning bosh qismiga yog‘och bilan urib tan jarohati yetkazgan. Shu vaqtda hovlidagi shovqinni eshitgan Q.K.ning ukasi I.K. chiqib, akasini tanasining turli joylariga qo‘li bilan urgan. Keyin esa hovlida bo‘lgan tayoq bilan ham bosh qismiga tushirib, tan jarohati yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertizaning ma’lumotlariga ko‘ra, G.K. va Q.Q. sog‘liqni buzilishiga olib kelgan “yengil” tan jarohatlarini olganligi aniqlangan. 

Holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

267

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing