“Epshteynga maktub”. Tramp WSJ'ni sudga berdi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp mediamagnat Rupert Merdokni tuhmatda ayblab, sudga da’vo qildi. Bu haqdagi ma’lumot Florida janubiy okrugi sudining elektron ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi.

Ayblanuvchi sifatida Merdokning o‘zi va News Corporation mediaxolding kompaniyasi (“The Wall Street Journal” (WSJ) egasi) ko‘rsatilgan ish kecha, 18 iyulda bazaga kiritilgan.

Bu ishda ayblanuvchilar orasida Trampning voyaga yetmaganlarni tahqirlashda ayblanayotgan amerikalik moliyachi Jeffri Epshteynga yozgan maktubi haqida maqola yozgan WSJ gazetasining ikki jurnalisti ham bor.

Da’voning o‘zi hali sud tomonidan oshkor qilinmagan, biroq elektron ma’lumotlar bazasi ish tuhmat bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Gap shundaki, oldinroq “The Wall Street Journal” nashri Epshteynning 50 yillik yubileyi munosabati bilan tayyorlangan albomni ko‘rib chiqqani haqida ma’qola e’lon qilgan edi. Nashrning yozishicha, Tramp moliyachining yubileyiga yalang‘och ayolning qo‘lda chizilgan suratini sovg‘a sifatida yuborgan. Rasm bilan birga tabrik maktubi ham bo‘lgan. 

Ushbu maqolaga javoban Prezident gazeta va Merdokni sudga berish niyatida ekanini ma’lum qilib, rasm haqidagi ma’lumotlarning yolg‘onligi haqida matbuotni oldindan xabardor qilganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Epshteyn Nyu-York shtati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 2019 yil 6 iyulda hibsga olingan. Prokurorlar Epshteyn 2002 yildan 2005 yilgacha o‘nlab voyaga etmagan qizlarni (ularning eng kichigi 14 yoshda bo‘lgan) Manxettendagi uyiga olib kelganini tasdiqlovchi dalil borligini aytdi.

Epshteynning do‘stlari va tanishlari orasida nafaqat Qo‘shma Shtatlardagi, balki boshqa ko‘plab mamlakatlardagi amaldagi va nafaqadagi amaldorlar, jumladan, sobiq davlat rahbarlari, yirik tadbirkorlar va shou-biznes yulduzlari ham bor edi. 2019 yil 10 avgustda qamoqxona kamerasida o‘z joniga qasd qilgandan so‘ng, AQSHda moliyachiga nisbatan jinoiy ta’qib qilish to‘xtatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp WSJ Jeffri Epshteyn Rupert Merdok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing