Ensoning “Chelsi”ga o‘tishi futbol tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylandi

Sport

image

Argentinalik yarim himoyachi Enso Fernandesning “Benfika”dan “Chelsi”ga o‘tishi futbol tarixidagi oltinchi eng qimmat transfer bo‘ldi. Londonliklar 22 yoshli futbolchi uchun 121 million yevro to‘ladi.

Futbol tarixidagi eng qimmat transferlar beshligi quyidagicha:

1. Neymar – “Barselona”dan PSJga – 222 million yevro;

2. Kilian Mbappe – “Monako”dan PSJga – 180 million yevro;

3. Usmon Dembele – “Borussiya Dortmund”dan “Barselona”ga – 140 million yevro;

4. Filippe Koutino – “Liverpul”dan “Barselona”ga – 135 million yevro;

5. Joau Felish – “Benfika”dan “Atletiko”ga – 127,2 million yevro.

Enso Fernandesning “Chelsi”ga o‘tishi Angliya futboli tarixidagi rekord transfer ham bo‘ldi. Bungacha rekord yarim himoyachi Jek Grilishning transferiga tegishli edi, Grilish uchun “Manchester Siti” “Aston Villa”ga 100 million yevro to‘lagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Entso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing