Enso Fernandes “Real”ga o‘tishi mumkin

Sport

image
“Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandes yozda klubni tark etib “Real Madrid”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Yakobs xabar berdi.

Enso Fernandes Premer-liganing so‘nggi turida “Sanderlend”ga qarshi o‘yindan (1:2) keyin London klubi muxlislariga ishora qildi. Ko‘pchilik bu harakatni xayrlashuv sifatida qabul qildi.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, agar Ispaniyaning “Real Madrid” klubi aniq taklif bilan chiqsa, argentinalik yarim himoyachi Madrid klubiga o‘tishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” vakillari ham futbolchining transferi bo‘yicha dastlabki va norasmiy aloqalarni o‘rnatgan.

Shuningdek, Fernandes Chempionlar ligasida o‘ynashni istayotgani ta’kidlanmoqda. “Chelsi”ning muvaffaqiyatsiz mavsumi esa, klub uchun futbolchini yangi shartnoma imzolashga ko‘ndirishni qiyinlashtirmoqda.

Shu bilan birga, London klubi yozgi transfer oynasida yarim himoyachini noqulay moliyaviy shartlarda sotish niyatida emas.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” joriy mavsumni Premer-ligada 10-o‘rin bilan yakunladi.

Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Siti” “Real Madrid” Entso Fernandes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing