Entoni Joshua Mayamidagi jangda Jeyk Polni nokautga uchratdi (video)

Sport

image

Buyuk britaniyalik sobiq jahon chempioni Entoni Joshua AQSHning Florida shtatidagi Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan jangda amerikalik bloger Jeyk Pol ustidan nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang britaniyalik bokschi nokauti bilan oltinchi raundda yakunlandi. Shu tariqa 36 yoshli Joshua professional ringdagi 29-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 28 yoshli Jeyk Pol esa  2-mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Jeyk Pol oldinroq sobiq jahon chempioni Mayk Taysonni, shuningdek, sobiq UFC jangchilari Anderson Silva, Neyt Diaz, Tayron Vudli, Ben Askren va Mayk Perrini mag‘lub etgan. Polning yagona mag‘lubiyati 2023 yil fevral oyida Tommi Fyuriga qarshi bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Entoni Joshua Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Jahon boks tashkiloti (WBO) va Xalqaro boks tashkiloti (IBO) chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Entoni Joshua Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing