Yong‘indan keyin uy egasining jasadi topildi

Jamiyat

image

Kecha, 7 fevral kuni Toshkent tumani Sirg‘ali MFYda yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in soat 21:09 da  MFYda yashagan T.D.ning uyida chiqqan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda uyning 35 kv.m maydoni yonib zarar ko‘rgan. Yong‘in o‘chirish vaqtida T.D.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

117

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing