Eng qimmat terma jamoalar e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Sport

image

Futbol bo‘yicha Angliya milliy terma jamoasi dunyodagi eng qimmat tarkibga ega deb topildi. Inglizlar tarkibida to‘p tepadigan futbolchilarning umumiy qiymati 1,29 milliard yevroga teng. Bu haqda Germaniyaning “Transfermarkt” portalida xabar berildi.

Ikkinchi o‘rin Fransiya terma jamoasiga nasib qilgan. Amaldagi Jahon chempionlarining umumiy qiymati 1,06 milliardni tashkil qiladi.

Kuchli uchlikka Braziliya terma jamoasi yakun yasab bergan. Braziliyaliklar tarkibidagi futbolchilarning umumiy narxi 1,01 milliard yevro etib belgilangan.

Shuningdek, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28,58 million yevrolik qiymat bilan jahon reytingida 69-o‘rinni band etib turibdi.

Dunyoning eng qimmat tarkibga ega 10 ta terma jamoasi bilan tanishing:

1. Angliya (UEFA) – 1,29 milliard yevro (futbolchilarning umumiy qiymati);

2. Fransiya (UEFA) – 1,06 milliard yevro;

3. Braziliya (CONMEBOL) – 1,01 milliard yevro;

4. Germaniya (UEFA) – 824,50 million yevro;

5. Portugaliya (UEFA) – 772,00 million yevro;

6. Ispaniya (UEFA) – 751,00 million yevro;

7. Italiya (UEFA) – 646,30 million yevro;

8. Argentina (CONMEBOL) – 627 million yevro;

9. Niderlandiya (UEFA) – 495,4 million yevro;

10. Urugvay (CONMEBOL) – 395 million yevro.

Avvalroq, Angliyaning “Goal” nashri futbol tarixida amalga oshirilgan eng yirik transferlarni e’lon qilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

662

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing