Energiya samaradorligi agentligiga rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Ziyoviddin Bositovich Badriddinov Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ziyoviddin Bositovich Badriddinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori etib tasdiqlangan.
Ziyoviddin Badriddinov  2019 yildan buyon O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Energiya samaradorligi milliy agentligi Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27 martda qabul qilingan “Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan ta’sis etilgan. Energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada rag‘batlantiruvchi va ta’sir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish mazkur agentlikning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Asadulla O‘rolovich Qayumov “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Energiya samaradorligi agentligi Ziyoviddin Bositovich Badriddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar