Energiya inqirozi: Britaniya 5 yil yopiq turgan gaz omborini qayta ochmoqchi

Olam

image

Buyuk Britaniya eng yirik gaz omborini qayta ochadi va tez orada qish uchun uni to‘ldirishni boshlaydi. Bu haqda Britaniyaning “The Daily Telegraph” nashri xabar berdi.

“British Gas” kompaniyasining egasi Centrica sentyabr oyi boshida Rough omboriga tabiiy gaz quyishni boshlaydi, operatorlar Sog‘liqni saqlash va xavfsizlik boshqarmasi roziligini olgan.

Buning uchun Centrica va Britaniya hukumati o‘rtasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuv, shuningdek Shimoliy dengizga o‘tish boshqarmasidan (NSTA) o‘z faoliyatini qayta tiklash uchun rasmiy ruxsat olish kerak bo‘ladi. Gazetaning yozishicha, bu “muammo tug‘dirmaydi”.

Qayd etilishicha, omborni gaz bilan to‘ldirish ikki haftadan ko‘proq vaqt ichida boshlanishi kutilmoqda. Inshoot 2017 yildan beri gaz saqlash uchun foydalanilmaydi. Buyuk Britaniyaning Biznes, energetika va sanoat strategiyasi vaziri Kvazi Kvarteng ham energiya xavfsizligini mustahkamlashga yordam berish uchun uni ishga tushirishga chaqirgan.

Besh yil oldin Centrica Rough'ning xizmat qilish muddati tugaganini va uning xavfsiz ishlashiga kafolat yo‘qligini aytgan, chunki bir qator bo‘linmalarning yaxlitligiga shubha bor edi.

Inshoot 3,4 milliard kub metrga yaqin gazni saqlashga mo‘ljallangan. Ilgari ushbu ob’ekt Buyuk Britaniyadagi barcha gaz sig‘imining qariyb 70 foizini tashkil etgan.

Bundan tashqari, taxminan 5 milliard kub metr ko‘proq bosimni ushlab turish uchun "yostiq" sifatida yaratilgan. Rough Angliyaning sharqiy sohilida joylashgan.

Centrica joriy qish mavsumida u yerda 800 million kub metrga yaqin, kelgusi qish uchun esa 1,7 milliard kub metr gaz zaxirasini saqlashni maqsad qilgan.

Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol 22 iyun kuni Yevropa kelayotgan qishda Rossiya gazini to‘liq to‘xtatishga tayyor bo‘lishi kerakligi haqida ogohlantirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadan gaz yetkazib berishning qisqarishi ularning butunlay to‘xtatilishining xabarchisi sifatida qaralishi kerak.

"Moskva Ukraina bilan davom etayotgan urushda gazdan bosim omili sifatida foydalanishga harakat qilmoqda. Qishga yaqinlashganimiz sari biz Rossiyaning niyatlarini shunchalik yaxshi tushunamiz. Ishonchim komilki, ta’minotni qisqartirish Yevropani omborlarini gaz bilan to‘ldirib olishidan to‘xtatish va qish mavsumida Rossiyaning ta’sirini kuchaytirish ", degandi Birol.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing