Energetikada yana muammo: ayrim hududlarda “svet” o‘chishi ko‘payadi
Jamiyat
−
08 yanvar 2021
6777Avvalroq O‘zbekiston elektr tarmog‘ining ishlash tartibi to‘liq tiklangani haqida xabar berilgan edi. Talimarjon IESning 2 ta bug‘-gaz qurilmalarida yana to‘xtatilish yuzaga kelgan. Energetika vaziri boshchiligidagi mutaxassislar zudlik bilan mazkur stansiyaga uchib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 8 yanvar kuni soat 10:27 da va 10:31da Talimarjon IESning 2- va 3- bug‘-gaz qurilmalarida (jami 900 MVt quvvat) energoblok texnologik himoyasining ishlashi natijasida ushbu BGQlari faoliyati to‘xtatilgan.
Buning oqibatida, Respublikaning ayrim hududlari bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida umumiy 446 MVt quvvatda cheklov kiritilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultanov boshchiligidagi mutaxassislar zudlik bilan mazkur stansiyaga uchib ketgan.
Hozirgi vaqtda yuzaga kelgan to‘xtatilish sabablari aniqlanayotgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi elekrt uzilishlarida ham O‘zbekiston elektr energiyasi tizimidagi muammolar sabab qilib ko‘rsatilgandi.
LiveBarchasi