Endrikning pochchasi Braziliyada otib o‘ldirildi
Sport
−
27 dekabr
3758“Real” hujumchisi Endrikning pochchasi Maurisio Nunes Rojdestvo kuni ertalab otib o‘ldirildi. Bu haqda “Foot Mercato” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Endrikning pochchasi Maurisio Nunes Gonsalves 24 yoshli erkak tomonidan o‘ldirilgan. Maurisio futbolchining opasi Laviniya Sudrening eri bo‘lgan.
Voqea Braziliyaning poytaxti yaqinida joylashgan Samambayya-Norte hududida sodir bo‘lgan. Maurisio Nunes hududdagi mahalliy barda bo‘lgan vaqtda 24 yoshli erkak unga yaqinlashib, pistoletdan o‘q uzgan. Qurbon qochib ketishga uringan, biroq jinoyatchi uni qo‘lga olib, boshiga bir necha marta o‘q uzgan. Maurisio voqea joyida halok bo‘lgan.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr