Endokrinologiya tibbiyot markaziga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Feruz Fatxullayevich To‘rayev Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lumot uchun, tibbiyot fanlari doktori Feruz To‘rayev 1995 yilda Rossiyaning nufuzli Novosibirsk tibbiyot institutini tamomlab, o‘z ish faoliyatini akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida shifokor-xirurg sifatida boshlagan. 

Keyinchalik mazkur tibbiyot markazining yurak orttirilgan nuqsonlari xirurgiyasi bo‘limida katta ilmiy xodim lavozimida mehnat qilgan. 50 yoshli tajribali shifokor shu yilning yanvar oyidan hozirga qadar markazning ushbu bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing